Lamin Yamal JCH-2026 finalida Ispaniya va Braziliyani kutmoqda

Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubida toʻp surayotgan hujumkor yarim himoyachi Lamin Yamal sobiq jamoadoʻshi Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi Braziliyani yoqtirishini, u yerga yana qaytishni istashini ta’kidladi. Yamalning aytishicha, u Neymar bilan suhbatlashgan va ular kelishib olishgan: agar ikkalasi ham 2026 yilgi jahon chempionati finaliga chiqsa, turnirdan keyin birga ta’tilga yoʻl olishadi. Yamal JCH-2026 finalida Ispaniya – Braziliya juftligini ko‘rishni istashini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada o‘tkaziladi. Musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!