date

Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi

Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi

Braziliya terma jamoasi qanot hujumchisi Rafinya bosh murabbiy Karlo Anchelottining jamoaga ta’siri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, Anchelotti uni ishlash uslubi va futbolchilarga yaqin bo‘lishi bilan juda hayratga solgan. Rafinya Sofascore’ga bergan intervyusida murabbiy kelganidan keyin terma jamoada o‘zaro aloqa va bog‘liqlik yana tiklana boshlaganini ta’kidladi.

Yaqin yozda Braziliya Anchelotti boshqaruvida jahon chempionatida qatnashadi. Guruh bosqichida “selesao” Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu kvartetda braziliyaliklar asosiy favoritlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi mundialda Braziliya terma jamoasi chorak final bosqichida musobaqani tark etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi