Slujskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slujskiy boshqaruvidagi "Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvdan ham ochkosiz qaytdi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda Yaponiyaning "Xirosima" jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs taqdirini 78-daqiqada urilgan gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu mag'lubiyat "Shanxay Shenxua" uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi muvaffaqiyatsiz natija bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slujskiy shogirdlari 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. "Xirosima" esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga joylashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing