date

Mainz yarim himoyachisi penaltilar bo'yicha Mbappeni quvmoqda

Mainz yarim himoyachisi penaltilar bo'yicha Mbappeni quvmoqda

Germaniya Bundesligasining 21-turida «Mainz» o'z maydonida «Augsburg»ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning e'tiborli jihati shundaki, har ikkala gol ham penaltidan kiritildi va ikkalasiga ham Nadim Amiri mualliflik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Joriy mavsumda «Mainz»ning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turgan Amiri hisobida 9 ta gol bor, shundan 7 tasi 11 metrlik nuqtadan aniq zarba bilan urilgan. Yevropada penaltidan urilgan gollar statistikasi bo'yicha u faqat bitta o'yinchidan ortda: madridlik «Real» safida to'purarlik qilayotgan Kilian Mbappening penaltilardan 8 ta goli bor. Hozirda «Mainz» Bundesligada 14-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mainz yarim himoyachisi penaltilar bo'yicha Mbappeni quvmoqda