Lionel Messi Lamine Yamalni oʻzining munosib vorisi deb atadi

Lionel Messi Barselona yulduzi Lamine Yamalning tezkor rivojlanishiga yuqori baho berib, uni oʻzining tabiiy vorisi sifatida eʼtirof etdi. Sakkiz karra Oltin toʻp sohibi boʻlgan afsonaviy futbolchi yosh iqtidor egasi hozirda jahon futbolidagi eng kuchli oʻyinchi ekanligini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Adidas tadbirida soʻzga chiqqan Messi shunday dedi: "Hozir juda iqtidorli yosh avlod vakillari yetishib chiqmoqda, ammo ularning orasidan yoshi va hozirgacha koʻrsatgan oʻyini hamda kelajakdagi salohiyatini inobatga olgan holda Lamine Yamalni tanlagan boʻlardim. Men uchun u shubhasiz eng yaxshisi".
18 yoshli vinger oʻzining driblingi, maydonni koʻra olish qobiliyati va chap oyoqdagi aniq zarbalari bilan koʻpchilikni Messining yoshligini eslatadi. U Barselona safida oʻz oʻrnini mustahkamlab, jamoaning asosiy hujumkor kuchiga aylandi va klub afsonasiga tegishli boʻlgan 10-raqamli libosni munosib himoya qilmoqda.
Ayni damda Lamine Yamal son qismidagi jarohat sababli maydondan chetda qolgan boʻlsa-da, Hansi Flick boshchiligidagi jamoa uchun muhim figura boʻlib qolmoqda. Yosh futbolchi oʻz faoliyatining ilk bosqichida boʻlishiga qaramay, Barselona bilan La Liga chempionligi sari dadil odimlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!