date

Lionel Messi yangi avlodning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Lionel Messi yangi avlodning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Lionel Messi Barselona vingeri Lamine Yamalni o‘zi va Cristiano Ronaldo davridan keyingi yangi avlodning eng iqtidorli futbolchisi deb biladi. Adidas tadbirida so‘zga chiqqan argentinalik yulduz yosh futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yini va kelajakdagi salohiyatiga yuqori baho berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Messi o‘z so‘zlarida: "Yangi avlod vakillari juda kuchli va ularning oldida hali uzoq yillar bor. Agar yoshi, hozirgi o‘yini va kelajakdagi istiqbolini hisobga olib, ulardan birini tanlashim kerak bo‘lsa, bu shubhasiz Lamine bo‘lardi", deya ta’kidladi. U yosh futbolchini yangi avlodning eng yaxshisi deb atadi.

Barselona 2021-yilda Messi ketganidan so‘ng unga munosib voris izlayotgan edi. 18 yoshli Lamine Yamal klub ishonchini oqlab, dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirib ulgurdi. Hatto unga Messining afsonaviy 10-raqamli libosi ishonib topshirilgani ham uning klub uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

Tadbir davomida Messi o‘zining Barselonadagi yorqin yillari va Pep Guardiola qo‘l ostidagi Real Madridga qarshi kechgan afsonaviy El-Klasikolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U Cristiano Ronaldo bilan bo‘lgan raqobat sport tarixidagi eng buyuk qarama-qarshiliklardan biri bo‘lganini va bu jarayonda doimo o‘zaro hurmat saqlanib qolganini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi yangi avlodning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi