Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada kiritildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan ajralib turdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyat bo'ldi.
Olti turdan keyin «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing