Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua OChLda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy murabbiyligidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o‘yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq ijro etdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qayd etdi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing