date

Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi

Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida yakshanba oqshomida «Sassuolo» va «Inter» o'rtasida bahs o'tkaziladi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Inter» safida ilk daqiqalardan maydonga tushadiganlar: Zommer, Bissekk, Akandji, Bastoni, Dimarko, Enrike, Suchich, Zelinski, Mxitaryan, Tyuram va Lautaro Martinez.

«Sassuolo» – «Inter» uchrashuvi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yinni barcha tafsilotlari bilan LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

«Inter» hozirda A Seriyada peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Milan» qo'shnilaridan besh ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Sassuologa qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi