The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi nomi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi reytingi keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diyego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Reddit’da futbol ishqibozlari orasida keskin bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilgani bilan norozi.
Shuningdek, afsonaviy darvozabon Lev Yashin bu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing