Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Xitoy klubi 6-tur uchrashuvida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin taqdirini 78-daqiqada urilgan gol hal qildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba berdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» bu turnirdagi ketma-ket uchinchi o‘yinida ham ochkosiz qoldi.
Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan umumiy jadvalda 11-o‘rinni egallab turibdi. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing