date

Inter Dimarko bilan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin

Inter Dimarko bilan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin

Milanning “Inter” klubi himoyachisi Federiko Dimarko 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuvni imzolash arafasida turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabarlarga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining bir nechta jamoalari Dimarkoga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar aniq takliflar bilan yakunlanmagan. Hozircha “Inter” ham, futbolchining o‘zi ham hamkorlikni davom ettirishni ustuvor deb bilmoqda.

28 yoshli chap qanot himoyachisi “Inter” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U “Sion”, “Parma”, “Verona” va “Ascoli”dagi ijara davrlaridan so‘ng jamoaga qaytib, “neradzurrilar”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Dimarko joriy mavsumda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urdi va 13 assist qayd etdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt esa futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Dimarko bilan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin