Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag‘lub bo‘ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda “Xirosima”ga 0:1 hisobida yutqazib, yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada kiritilgan gol hal qildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan Slutskiy jamoasi jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. 11 ochkoga ega “Xirosima” esa uchinchi pog‘onaga joylashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing