Al-Nasr Ronaldu talablari ortidan muammolarni hal qildi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatining «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim talabni bajardi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to'lab berdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin sanaladigan sport bo'limi vakillari — Joze Semedu va Simau Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasida muhim rol o'ynash imkonidan chetlatilgandi.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!