The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi Messi bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi o'yinchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni imkon qadar xolis tuzish qiyinligi ham qayd etilmoqda. Reddit'dagi futbol ishqibozlari izohlarda keskin bahslarga kirishdi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi pog'onada qolganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin mazkur reytingda 18-o'rinni egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing