Slutskiy jamoasi Osiyoda yana mag'lubiyatga uchradi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi 6-turda safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada kiritilgan gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi va jamoasiga g'alabani olib berdi. Bu «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy shogirdlari 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing