date

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda navbat pley-off o'yinlariga: 16 jamoa stykov raundda kuch sinashib, 1/8 finalga yo'llanma beradigan sakkizta chipta uchun bahslashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan to'pni namoyish qildi. U to'q ranglarda ishlangan bo'lib, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” trofey uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.

Amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag'lub etib, 5:0 natijasi bilan g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi