date

The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r futbolchi deb topildi

The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r futbolchi deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati faol muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning ilk o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.

Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ta'kidlanadi. Reddit'dagi futbol ishqibozlari orasida esa qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi.

Shuningdek, darvozabonlar ichida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic reytingida Messi tarixdagi eng zo'r futbolchi deb topildi