date

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa styk uchrashuvlarida kuch sinashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani talashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqib bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan to'pni namoyish qildi. U to'q ranglarda ishlangan, oq yulduzlar esa dizaynning asosiy bezagi bo'lib turibdi. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.

Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi