date

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor siyosatni tanladi

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor siyosatni tanladi

Myunxenning “Bavariya” klubi yozgi transfer rejalarini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko‘ra, klub xavfi past, ammo foyda keltirish salohiyati yuqori bo‘lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Bavariya” bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo‘shishni ko‘zlamoqda: ular yaqin orada asosiy jamoada o‘ynab ketishi yoki keyinchalik transfer bozorida foyda bilan sotilishi mumkin.

Shu bois, joriy yilda klub yirik yulduzlarni olib kelishga jiddiy kirishmasligi ehtimoli yuqori. Bunday yondashuv jamoaga kerakmi-yo‘qmi, savol ochiq qolmoqda.

“Bavariya” Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytiryapti. Raqib esa qish yakuniga borib aniq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor siyosatni tanladi