Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy toʻp taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Endilikda pley-off o‘yinlari boshlanadi: 16 jamoa stykov raundda to‘qnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yo‘llanmani taqsimlab oladi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo‘l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni namoyish qildi. U to‘q ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To‘p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi chempion — PSJ. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag‘lub etib, 5:0 natija qayd etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!