date

Kampl Rangnik uni oila vaziyatiga qaramay o'ynatganini aytdi

Kampl Rangnik uni oila vaziyatiga qaramay o'ynatganini aytdi

Oila bilan bog'liq sabablarga ko'ra yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan sloveniyalik yarim himoyachi Kevin Kampl «RB Leypsig»dagi davrlarini eslab, o'sha paytdagi murabbiyi Ralf Rangnik bilan bog'liq voqeani so'zlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kamplning aytishicha, rafiqasi tug'ruq arafasida bo'lganiga qaramay, Rangnik uni baribir uchrashuvga yetib kelishga majbur qilgan. «Ortingdan samolyot yuboraman, sen bu o'yinda maydonga tushishing shart», degan ekan murabbiy.

Gap «Volfsburg»ga qarshi bahs haqida ketmoqda: o'sha uchrashuvda Rangnik jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yindan so'ng esa Kampl yana ham ko'proq hayron qolgan: Rangnik jurnalistlar bilan suhbatda go'yo futbolchi o'zi jon-jahdi bilan o'ynashga intilgandek gapirgan, aslida esa vaziyat buning mutlaqo teskarisi bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kampl Rangnik uni oila vaziyatiga qaramay o'ynatganini aytdi