Fal'kao Oltin to'pni xohlagan, ammo Messi va Ronaldu davri edi

“Manchester Yunayted”, “Chelsi” hamda Madridning “Atletiko” klublarida to'p surgan Rадамель Fal'kao “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olmaganiga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu omil bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kolumbiyalik hujumchi 2012 yilda France Football so'rovnomasida beshinchi o'rinni egallagan. Ovoz berishda undan oldinda Messi, Ronaldu, shuningdek Andres Inyesta va Xavi qayd etilgan.
Fal'kaoning ta'kidlashicha, bunday yulduzlar bilan bir safda tilga olinishi uning uchun katta faxr. U “Oltin to'p”ni yutishni istaganini, biroq Leo va Krishtianu avlodi vakili bo'lgani sababli bu maqsadga yetolmaganini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, agar ular Ispaniyada o'ynamaganida, u to'purarlar poygasida g'olib chiqishi ham mumkin edi, “Atletiko”da esa faoliyatidagi eng yuqori cho'qqiga chiqqan.
Ma'lumot uchun, Messi “Oltin to'p”ni sakkiz marta qo'lga kiritgan, Ronaldu esa besh bor ushbu sovrinni yutgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!