date

Barselona Deku Martinning o'sishini yuksak baholadi

Barselona Deku Martinning o'sishini yuksak baholadi

“Barselona”ning sport direktori Deku jamoa himoyachisi Jerar Martin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dekuning ta’kidlashicha, Martin klubga kelganidan beri sezilarli darajada o'sdi. U mavsum davomida ham qanot himoyachisi, ham markaziy himoyachi pozitsiyalarida o'ynab, doim g'alaba uchun kurashgani, jamoaga yordam bergani va “Barselona”ga kerak bo'lgan jamoaviy ruhni namoyish etgani qayd etildi.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha turnirlarni hisobga olganda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan hisob ochmadi.

Ispaniyalik himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Deku Martinning o'sishini yuksak baholadi