date

Joao Pedro Chelsi o'yinidan keyin afsusini yashirmadi

Joao Pedro Chelsi o'yinidan keyin afsusini yashirmadi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Joao Pedro «Lids»ga qarshi uy uchrashuvidan so'ng fikr bildirdi. Bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi jamoa o'yinni nazorat qilganini ta'kidladi: «Uchrashuvni biz boshqardik, 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Keyin esa ikki gol o'tkazib yubordik. Natijadan juda hafamiz, chunki yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bu mavsumda bizda shunday holatlar ko'p takrorlanmoqda», — deya uning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

26 turdan so'ng Liam Rosenyor qo'l ostidagi jamoa 44 ochko to'plab, turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. «Chelsi» 4-pog'onadagi «Manchester Yunayted»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joao Pedro Chelsi o'yinidan keyin afsusini yashirmadi