date

Tottenhem Frankni iste'foga chiqarish qarorini e'lon qildi

Tottenhem Frankni iste'foga chiqarish qarorini e'lon qildi

Seshanba kuni «Tottenhem» o'z maydonida «Nyukasl»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Oradan bir kun o'tib londonliklar bosh murabbiy Tomas Frank bilan hamkorlik yakunlangani haqida rasman ma'lum qildi. Vaziyat qanday qarorga kelgani bo'yicha jurnalist Ben Jeykobs tafsilotlarni ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jeykobsning yozishicha, klub rahbariyati Frankka vaqt berishga urinib ko'rgan, biroq oxir-oqibat «holat chidab bo'lmas darajaga yetgan». Qaror klubning yuqori rahbarlari — Vinay Venkatesham va Yoxan Lange tomonidan qabul qilingan.

Shuningdek, direktorlar kengashiga kirmasa-da, klub egasi Lyuislar oilasi nomidan ish yuritadigan Nik Bexen ham jarayonda ishtirok etgani qayd etildi.

Ayni paytda «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasi jadvalida 16-o'rinda bormoqda. OAVda Maurisio Pochettino klubga qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar ham paydo bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Frankni iste'foga chiqarish qarorini e'lon qildi