date

Portugaliya Ronaldu boshchiligida mundial finalini ko'zlamoqda

Portugaliya Ronaldu boshchiligida mundial finalini ko'zlamoqda

Portugaliya milliy jamoasi kelasi yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir uch mamlakat — AQSH, Meksika va Kanadada o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, Portugaliya futbol federatsiyasi terma jamoa oldiga maksimal vazifa qo'ygan: mundial finaliga chiqish. Jamoaning bundan ertaroq bosqichda musobaqani tark etishi federatsiya tomonidan muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadi.

Federatsiya Portugaliya 2026 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'lish salohiyatiga ega, degan ishonchda. Terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu, bosh murabbiy esa Roberto Martines.

Portugaliyaning jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 1966 yilda qo'lga kiritilgan uchinchi o'rin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya Ronaldu boshchiligida mundial finalini ko'zlamoqda