Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi turnir pley-offga ko'chadi: 16 jamoa stykov raundda o'zaro bahslashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani taqsimlaydi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqib bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. U qoramtir tuslarda ishlangan bo'lib, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv shanba kuni, 30 mayda o'tkaziladi.
Hozirgi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!