Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.
«Taqvim juda tig‘iz. Shu sababli Ronalduga va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turibdi», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan bahslarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!