date

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga sportzalda shug'ullandi

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga sportzalda shug'ullandi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat joyladi. Unda yulduz hujumchi sportzalda gantel bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham ko'rinadi. Qizaloq ham gantel ushlab turgan, biroq u kichkina va pushti rangda.

Jorjina suratga qisqa izoh ham qoldirdi: «Dada».

Bundan avval Rodriges Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan post e'lon qilgandi. Qizig'i, bu tabrik futbolchi 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib sahifaga joylangan.

So'nggi paytlarda Ronaldu «Al-Nasr»ning bir nechta o'yinini o'tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga sportzalda shug'ullandi