The Mall: Onlayn xaridlar uchun universal platforma ishga tushirildi

1 daqiqa o'qish258
The Mall: Onlayn xaridlar uchun universal platforma ishga tushirildi

AQSHda yosh avlod vakillari anʼanaviy savdo markazlariga qaytayotgan bir paytda, “The Mall” startapi ushbu konsepsiyani raqamli olamga koʻchirdi. Yangi ilova foydalanuvchilarga oʻzlarining sevimli brendlaridan iborat shaxsiy virtual savdo markazini yaratish va barcha chegirmalarni bir joyda kuzatib borish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Loyiha asoschilaridan biri Elli Konskerning soʻzlariga koʻra, gʻoya onlayn xaridlarning haddan tashqari tarqoqligidan kelib chiqqan. Isteʻmolchilar bir vaqtning oʻzida oʻnlab brauzer oynalarini ochishga, turli yangiliklar byulletenlariga obuna boʻlishga va brendlar yangiliklarini real vaqt rejimida kuzatishga majbur boʻlishmoqda, bu esa xarid jarayonini murakkablashtiradi.

The Mall asoschilari Shreya Halder va Elli Konsker ushbu platformani musiqa olamidagi Spotify yoki kitobxonlar uchun moʻljallangan Goodreads kabi yagona maʻliumotlar bazasiga aylantirishni maqsad qilgan. Hozirda ilova bazasida 10 000 dan ortiq brendlar mavjud boʻlib, foydalanuvchilar oʻzlariga yoqqan brendning Instagram yoki TikTok sahifasini ulash orqali yangi doʻkonlarni tizimga qoʻshishlari mumkin.

Texnik jihatdan platforma brendlar bilan bevosita API orqali bogʻlanmaydi. Buning oʻrniga, maxsus texnologiya chakana savdo saytlarini skanerlab (scraping), mahsulotlar katalogi va narxlar haqidagi maʻliumotlarni yangilab turadi. Tizim LLM (katta til modellari) yordamida barcha maʻliumotlarni saralaydi va foydalanuvchilarga yangi kolleksiyalar yoki chegirmalar haqida push-bildirishnomalar yuboradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?