Microsoft xizmatlarida global uzilish: Office va Teams ishlamay qoldi

2026-yil 1-iyun, dushanba kuni butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar Microsoft bulutli xizmatlari faoliyatida jiddiy uzilishlarga duch kelishdi. Muammolar asosan Microsoft 365 paketining veb-versiyalariga, xususan, Microsoft Teams va Office for the web ilovalariga taʼsir koʻrsatdi. Natijada korporativ muhitda fayllarni ochish va oʻzaro xabar almashish imkoniyati vaqtincha yoʻqoldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Microsoft 365 Status rasmiy sahifasi kompaniya foydalanuvchilarning Office for the web va Microsoft Teams platformalarida fayllarni ocha olmayotgani haqidagi xabarlarni oʻrganayotganini tasdiqladi. Koʻp oʻtmay, dasturchilar tomonidan vaziyatga aniqlik kiritildi: servis telemetriyasi tahlili barcha Office veb-ilovalarida xatolik koʻrsatkichlari keskin oshganini koʻrsatdi.
Bir necha soat davomida nosozlikning aniq sababi va muammoning geografik koʻlami ochiqlanmadi. Biroq Microsoft mutaxassislari muammoni bartaraf etish ustida tezkor ish olib bordilar. Microsoft 365 Status yangilangan xabarida barcha texnik nosozliklar toʻliq bartaraf etilganini rasman eʼlon qildi.
Hozirgi vaqtda Excel, SharePoint veb-ilovalari hamda Teams messenjeriga kirish imkoniyati barcha foydalanuvchilar uchun toʻliq tiklangan. Kompaniya foydalanuvchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi va tizim barqaror ishlashini nazorat qilib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!