Olmazor tumanida transformator yonib ketdi

Bugun, 1 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiyada transformator yonib ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruv guruhlari soat 19:01 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 19:12 da o‘rab olingan. Hozirda yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Shuningdek, yong‘in sababli Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida — taxminan 6200 ta xonadon va 800 dan ortiq yuridik shaxslarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing