date

Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga ibrat deb atadi

Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga ibrat deb atadi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovni yosh o'yinchilar uchun namuna sifatida tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Safonovning Parij klubida asosiy darvozabon maqomiga chiqgani quvonarli holat. Nepomnyashchiyga ko'ra, Matvey uzoq vaqt amaliyot yetishmasligiga qaramay taslim bo'lmadi va o'yini bilan hammasini isbotladi. Bu haqda «RB Sport» xabar berdi.

26 yoshli posbon joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi, ikki o'yinda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida ikki bahs o'tkazib, bir marta gol o'tkazdi.

Safonovning fransuz grandi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga ibrat deb atadi