date

Angliya Kosta Rika bilan o'rtoqlik o'yinini kelishib oldi

Angliya Kosta Rika bilan o'rtoqlik o'yinini kelishib oldi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati starti oldidan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlarning raqibi Kosta Rika terma jamoasi bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham nazorat bahsida maydonga tushishi ma'lum qilingandi. Har ikkala uchrashuv AQShda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasi yaqinida o'tkaziladi, biroq aniq stadion hozircha ochiqlanmagan.

Angliya va Kosta Rika hozirgacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik o'yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbekning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, 2014 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida esa tomonlar 0:0 hisobida durang o'ynagan.

17 iyun kuni Tomas Tuhel shogirdlari jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Shu guruhdan Gana va Panama ham o'rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya Kosta Rika bilan o'rtoqlik o'yinini kelishib oldi