Al-Nasr murabbiyi Ronaldo nima uchun o'ynamasligini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldo yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safargi o'yinda ham u tarkibda bo'lmaydi.
«Juda zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs bor», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassis ta'kidlashicha, Ronaldoning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda birinchi marta emas, yana qatnashmayapti.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!