date

Yulduz Usmonova eng ko‘p qaysi san’atkorning yutug‘idan xursand bo‘ldi?

Yulduz Usmonova eng ko‘p qaysi san’atkorning yutug‘idan xursand bo‘ldi?

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va san’at sohasi vakillariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Darakchi” nashriga bergan intervyusida o‘z fikrlarini bildirib, mukofot olgan ijodkorlarni samimiy tabrikladi.

“Bugun mukofot olgan barcha hamkasblarimni chin dildan tabriklayman. Ularning barchasi bu mukofotga munosib. Faqat shuni ham aytish kerakki, mukofot olib keyin yo‘qolib ketadiganlar ham yo‘q emas”, dedi xonanda.

Jurnalistning “Mukofot olganlar orasida eng ko‘p kimdan xursand bo‘ldingiz?” degan savoliga Usmonova alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Erkin Komilovdan juda xursand bo‘ldim. Gaplarini eshitib, hatto yig‘lab yubordim, rostini aytsam. Iloji bo‘lsa, shu odamni videosini topib, joylab qo‘yinglar — bu mening iltimosim. U san’atni chinakam yuragida olib yuradigan inson. ‘San’at san’atkorning badanida bo‘lishi kerak’ degan gap bor-ku. U kimnidir maqtash uchun emas, balki hayot va o‘tmishni juda chiroyli solishtirib, chuqur ma’no bilan gapirdi”, — deya ta’kidladi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova eng ko‘p qaysi san’atkorning yutug‘idan xursand bo‘ldi?