Prezident oldida kutilmagan duet: Ozodbek, Otabek va Jenisbek qo‘shiq boshlab yubordi

O‘zbek estradasining taniqli vakillari Ozodbek Nazarbekov, Otabek Mutalxo‘jayev hamda Jenisbek Piyazov ishtirok etgan samimiy lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkorlar Prezident ishtirokidagi tadbirda hech qanday tayyorgarliksiz, ekspromt tarzda qo‘shiq kuylab berishgan. Kutilmagan musiqiy chiqish yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan.
Videolavhalardan ko‘rinishicha, mashhur xonandalar milliy qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylab, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan. Ayniqsa, ularning birgalikdagi chiqishi qatnashchilar tomonidan iliq qarshilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing