date

Grand Theft Auto V uchun cheat xizmati buzib kirildi: minglab foydalanuvchilar maʻlumotlari sizib chiqdi

Grand Theft Auto V uchun cheat xizmati buzib kirildi: minglab foydalanuvchilar maʻlumotlari sizib chiqdi

Mashhur Grand Theft Auto V onlayn oʻyini uchun cheat xizmatlarini koʻrsatuvchi Atlas Menu platformasi kiberhujumga uchradi. Have I Been Pwned maʻlumotlar sizib chiqishi haqida xabar beruvchi servisning maʻlum qilishicha, oʻgʻirlangan maʻlumotlar orasida foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, loginlari, shifrlangan parollari, IP-manzillari va texnik yordam xizmatiga yoʻllangan murojaatlari mavjud. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Xabarda aytilishicha, ushbu xakerlik hujumi natijasida deyarli 64 000 ta akkaunt maʻlumotlari xavf ostida qolgan. Qizigʻi shundaki, Atlas Menu oʻzining rasmiy saytida "ilgʻor shifrlash usullari orqali xavfsiz autentifikatsiya va yuqori darajadagi maxfiylikni" vaʻda qilgan edi. Hozirda ushbu sayt faoliyati toʻxtatilgan.

Hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan xaker oʻgʻirlangan maʻlumotlarni GitHub platformasiga joylashtirdi. Taxminlarga koʻra, xakerning asosiy maqsadi firibgarlardan oʻch olish boʻlgan. Atlas Menu egalari hozircha ushbu holat yuzasidan hech qanday rasmiy izoh berishmadi.

Atlas Menu oʻyinchilarga "koʻrinmaslik", "super sakrash" va xarita boʻylab uchish kabi gʻayritabiiy imkoniyatlarni taqdim etib kelgan. Ushbu hodisa oʻyinlarda nohalol usullardan foydalanishni istagan foydalanuvchilarning shaxsiy maʻlumotlari qanchalik zaif ekanligini koʻrsatib berdi.

Bugungi kunda oʻyin cheatlari koʻp million dollarlik biznesga aylanib ulgurgan, chunki koʻplab geymerlar raqiblaridan ustunlikka erishish uchun pul toʻlashga tayyor. Atlas Menu kiberhujumga uchragan birinchi bunday servis emas; avvalroq Counter-Strike: Global Offensive uchun moʻljallangan mashhur cheat xizmatlaridan biri ham buzib kirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Grand Theft Auto V uchun cheat xizmati buzib kirildi: minglab foydalanuvchilar maʻlumotlari sizib chiqdi