date

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida

“Inter” yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, Milan klubi arman futbolchisiga yangi qisqa muddatli kelishuv taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra shartnoma 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallanishi mumkin. Hozirda 37 yoshli хавбекning “Inter” bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Mxitaryan 2022 yilda “Roma”dan erkin agent sifatida “Inter” safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida