date

Inter Mxitaryan bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi

Inter Mxitaryan bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi

«Inter» yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, Milan klubi 37 yoshli futbolchiga qisqa muddatli yangi kelishuv taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Ushbu bitim 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallanishi mumkin. Mxitaryanning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yil 30 iyungacha kuchga ega.

Mxitaryan 2022 yilda «Roma»dan erkin agent sifatida «Inter» safiga kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mxitaryan bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi