date

Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yiniga kelishdi

Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yiniga kelishdi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati oldidan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko‘ra, inglizlarning raqibi Kosta-Rika terma jamoasi bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 10 iyun kuni o‘tkaziladi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

Har ikki bahs AQShda, Florida shtatidagi mashg‘ulot bazasi yaqinida bo‘lib o‘tadi, biroq aniq stadion va shahar hozircha e’lon qilinmagan.

Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to‘qnash kelgan. 2018 yilda inglizlar o‘rtoqlik o‘yinida Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, 2014 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida esa 0:0 qayd etilgan.

17 iyun kuni Tomas Tuhel boshchiligidagi jamoa jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan Gana va Panama ham joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yiniga kelishdi