Angliya Kosta-Rika bilan nazorat o'yini o'tkazadi

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati startidan oldin yana bir o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlarning navbatdagi raqibi Kosta-Rika bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham nazorat bahsida maydonga tushishi ma'lum qilingandi. Har ikki o'yin AQSHda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasi yaqinida o'tkaziladi, biroq aniq stadion hali tasdiqlanmagan.
Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik o'yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, 4 yil avval esa Jahon chempionati guruh bosqichida 0:0 durang qayd etilgan.
Tomas Tuhel boshchiligidagi Angliya 17 iyun kuni Jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu guruhdan Gana va Panama ham o'rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!