Ronalduning mashg‘ulotida qizi ham uning yonida bo‘ldi

Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronaldu tushgan yangi suratni ulashdi. Kadrda futbolchi sport zalida gantellar bilan shug‘ullanayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli hujumchi yonida uning qizlaridan biri ham bor. Qizaloq ham gantel ko‘tarib turibdi, faqat u kichik va pushti rangda.
“Dada”, — deya izoh qoldirdi Jorjina surat ostida.
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan, biroq post futbolchining 41 yilligi nishonlanganidan bir kun o‘tib e’lon qilingani ham e’tibor tortgandi.
Shuningdek, Ronaldu “Al-Nasr”ning so‘nggi bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!