UEFA Chempionlar ligasi finali uchun to'pni taqdim etdi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichda eng kuchli sakkiz jamoa esa allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. Yangi dizayn to'q ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 mayda o'tkaziladi.
Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!