Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bayonotiga ko‘ra, futbolchining tekshiruvlari natijasida o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda Makarov davolanishni davom ettirmoqda.
Makarov «Kayserispor»dagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan edi. O‘yin 0:4 hisobida yakunlandi. Rossiyalik futbolchi jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing