date

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Italiyaning «Inter» klubi sobiq to‘purari Aldo Serena joriy mavsumdagi asosiy raqib «Milan»ning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri jamoasi hozircha «Inter»dan besh ochko ortda bo‘lsa-da, chempionlik poygasida oxirgi turgacha kurash olib boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena «Milan»ning chempionlik yo‘lida qolayotganini «Inter»ning Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yinlari bilan ham izohladi: bu turnir kuch va energiya talab qiladi. U hatto «Milan»ni Skudetto poygasida biroz ustun ko‘rayotganini ham ta’kidladi, deb yozadi pianetamilan.it.

Ma’lum qilinishicha, mart oyining boshida «Milan» va «Inter» o‘zaro to‘qnash keladi. Derbi 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi