date

FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

Bilbao shahrining «Atletik» klubi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq oldi. The Touchline xabariga ko'ra, FIFA basklar jamoasiga yaqin uchta transfer oynasida yangi futbolchi yozib olishni man etgan va cheklov 2028 yil yanvarigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, bunday qaror klub tomonidan me'yoriy talablar bir necha bor buzilgani sabab qabul qilingan.

O'tgan yoz «Atletik» transfer bozorida 20 mln yevrodan ortiq mablag' sarflab, «Al-Nasr»dan Emerik Laportni, «Osasuna»dan esa Xesus Aresoni tarkibiga qo'shib olgandi. Eslatib o'tamiz, klub siyosatiga ko'ra jamoada faqat bask ildiziga ega futbolchilar maydonga tushishi mumkin.

Hozirgi La Liga mavsumida «Atletik» 23 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Atletikka 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi