Fransuz olimlari ko‘ngillilarga 10 kun yotish uchun 5 ming yevro to‘lashga tayyor

Tuluzadagi Kosmik tibbiyot va fiziologiya instituti kelajakdagi kosmik missiyalarni tayyorlash uchun ko‘ngillilarni qidirmoqda. Tajriba ishtirokchilari ketma-ket o‘n kun yotib, och qolishlari kerak bo‘ladi, deb yozadi Le Figaro.
Olimlar sog‘lom turmush tarzini olib borayotgan 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar erkakni qidirmoqda. Tadqiqotchilar tajribada ishtirok etish uchun 5 ming yevro to‘lashga va’da berishmoqda.
Ko‘ngillilar o‘n kun davomida yotgan holatda bo‘lishlari kerak. Ularning karavoti biroz pastga egilgan bo‘ladi, shuning uchun boshi oyoqlari darajasidan pastroq bo‘ladi. Maqsad - vaznsizlik effektini takrorlash. Tashriflar taqiqlanadi, ammo ishtirokchilar yaqinlari bilan telefon orqali aloqada bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Olimlar ochlikning ta’sirini ham o‘rganmoqchi. Bir kunda ko‘ngillilar atigi 250 kaloriya iste’mol qila oladi. "Ular faqat bir qoshiq asal, sho‘rva va meva sharbatini iste’mol qilishlari mumkin," - deydi kosmik klinika rahbari doktor Rebekka Biyet de Vilmer.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!