date

Al-Hilol Benzema uchun Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi

Al-Hilol Benzema uchun Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun ro'yxatdan chiqarib, klubga yangi kelib qo'shilgan Karim Benzemani qaydnomaga kiritdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa ro'yxatida qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Benzema uchun Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi